14 dek 18:34
Yangiliklar
Boks/MMA

G'alabani Pimblettga bergan hakamlarni xibsga olish taklifi berildi
MMA olamidagi taniqli menejer Ali Abdel-Aziz Peddi Pimblett va Jared Gordon o'rtasidagi jang hakamini tanqid qildi.
Eslatib o'tamiz, ushbu jangda angliyalik aralash yakkakurash ustasi Peddi Pimblet ochkolar evaziga g'alaba qozongandi.
"Bu juda noto'g'ri qaror. Peddi Pimblet qanday qilib bu jangda g'olib bo'lishi mumkin. Aqlga sig'maydi. Bu ikki hakam xibsga olinishi kerak. Ular yigitlarning hayotini barbod qilib, sportni ifloslantirishadi. Etar, biz birgalikda harakat qilishimiz lozim", - deb yozgan Ali ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Havola :
Fikrlar