So’nggi yangiliklar

11:07Бугун Жаҳон чемпионатининг жамоавий аралаш беллашувларида иштирок этамиз (Жуфтликлар) 0 10:36Нажмиддин Қосимҳожиев ва Озода Собиржонова Париж Гран-присида совриндор бўлди 0 10:05"Барселона" Флик қўлостида ўтказган 126 та ўйинда 43-йирик ғалабасини қўлга киритди 0 09:34Тўққизта финиш ва битта дуранг қайд этилган UFC Fight Night 290 турнирининг барча натижалари битта хабарда 0 09:03UFC Fight Night 290 турнирининг асосий жанги муддатидан аввал якунланди 0 08:32Уайлдернинг Опетаяга қарши жанги Жошуа — Фьюри кардида ўтказилиши мумкин 0 08:01Олтита сариқ, битта қизил: "Реал" "Вильярреал"ни қийинчилик билан мағлуб этди 0 18:39U-23 Жаҳон чемпионатида иштирок этадиган эркин, юнон-рум ва аёллар кураши бўйича таркибларимиз маълум 0 18:05Камилла Раҳимова Wuhan Open`да Australian Open чемпионини мағлуб этди 0 17:28Шоҳжаҳон Эргашев энди бошқа бир ўзбекни жангга чақирди 0 16:50"Манчестер Сити" катта жарима эвазига АПЛдан четлатилиш ва совринлардан маҳрум бўлишдан қутулиши мумкин эди 0 16:22"Жошуани боплаб дўппослайман, кейин Усикдан ўчимни оламан". Фьюри боксдан кетиш олдидан режалари ҳақида гапирди 0 15:40"Бундан хурсанд бўламан". Дмитрий Бивол Бетербиев билан трилогияни кутаётганини айтди 0 15:13Магомед Анкалаев UFC унга қандай ҳолатда чемпионлик камари учун жанг беришини айтди 0 14:30"Энди Месси бизники" - "Интер Майами" мураббийи 0

30 jan 08:23
Yangiliklar

Gandbol

Gandbol: 2025 yilgi rejalar ko'rib chiqildi

O'zbekiston gandbol federaciyasi ijroiya qo'mitasining navbatdagi yig'ilishida 2025 yilgi rejalar belgilab olindi.

Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining hududiy federaciyalari rahbarlari, O'zbekiston terma jamoalari trenerlari va mutaxassislar ishtirok etgan yig'ilishda mamlakatimizda gandbolni ommalashtirish bo'yicha keng ko'lamli ishlar amalga oshirilayotgani aytib o'tildi.

Xususan, Xalqaro gandbol federaciyasi loyihasi asosida “Sayohatchi murabbiy” dasturi bo'yicha chet elik etuk mutaxassisni ishga taklif qilish, xalqaro musobaqalarda qatnashadigan turli yosh toifalari bo'yicha terma jamoalar tarkibini shakllantirish maqsadida tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda “Universiada”, “Barkamol avlod”, “Besh tashabbus olimpiadasi”, “Talabalar ligasi”, “Maktab ligasi” singari sport o'yinlarini yuqori saviyada o'tkazish masalalari yuzasidan so'z yuritildi. 

O'zbekiston gandbol federaciyasi raisi Quvondiq Sanaqulov murabbiy-mutaxassislarga joriy yil Xalqaro va Osiyo gandbol federaciyalari tizimidagi musobaqalarda qatnashish, shuningdek, gandbol rivojlangan mamlakatlar bilan manfaatli hamkorlikni yo'lga qo'yish yuzasidan vazifalarni berdi.

Tadbir davomida O'zbekiston gandbol federaciyasi bosh kotibi Ismoiljon Matxalikov, erkaklar milliy terma jamoasi katta treneri Ulug'bek Ikromov va O'zbekiston qizlar terma jamoasi treneri Larisa Popovalarning hisobotlari, joriy yilgi rejalari tinglandi.

Yurtimiz gandbolchilarining yutuq va muammolari, trenerlar va hakamlar malakasini oshirish borasida echimini kutayotgan masalalar muhokamalar markazida bo'ldi.

Taqqoslash uchun aytish lozimki, 2021 yili turli yosh toifasida 26 ta O'zbekiston chempionati, birinchiliklari va kubogi o'tkazilgan bo'lsa, 2024 yilda ushbu raqam 30 tani tashkil qildi. Mamlakatimiz jamoalari 2021 yilda jami 7 ta jahon, Osiyo chempionatlari va nufuzli xalqaro turnirlarda qatnashgan bo'lsa, 2024 yilda bu ko'rsatkich 12 taga etdi. Bu, yurtimizda gandbolni rivojlantirish ishlari tizimli olib borilayotganidan dalolat.

Yig'ilish yakunida ko'rilgan masalalar yuzasidan chora va tadbirlar rejasi ishlab chiqilishi belgilandi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing