21 dek 12:47
Yangiliklar
Gandbol
Gandbol bo'yicha O'zbekiston chempionatida g'oliblar aniqlandi
Termiz shahrida gandbol bo'yicha 20 yoshgacha bo'lgan o'g'il bolalar va qizlar o'rtasida O'zbekiston chempionati bo'lib o'tdi.
Hafta davomida o'tkazilgan musobaqalarda Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahri hamda viloyatlardan saralangan jamoalar g'oliblik uchun bellashdilar.
CHempionat yakunida g'olib jamoalar tantanali ravishda taqdirlanib, ularga diplom, medal hamda esdalik sovg'alari topshirildi.
Qizlar o'rtasida:
1. Samarqand viloyati jamoasi
2. Xorazm viloyati jamoasi
3. Qoraqalpog'iston Respublikasi jamoasi
O'g'il bolalar o'rtasida:
1. Surxondaryo viloyati jamoasi
2. Toshkent shahri jamoasi
3. Qoraqalpog'iston Respublikasi jamoasi







Havola :
Manba : minsport.uz
Fikrlar