18 avg 18:14
Yangiliklar
Gandbol
Gandbol. Egizak referilarimiz jahon chempionatida hakamlik qilishyapti
Xitoyning Suchjou shahrida U-18 qizlar o'rtasida Jahon chempionati o'tkazilmoqda.
Dunyo birinchiligida 16 ta terma jamoa to'rtta guruhga bo'lingan holda bahs olib bormoqda. Unda 22 mamlakatdan kelgan 44 nafar referi hakamlik qilyapti.
Ahamiyatlisi, ular orasida ikki nafar o'zbekistonlik referi — Hasan va Husan Ismoilovlar ham bor. Hamyurtlarimiz hozircha musobaqa doirasida Niderlandiya – Janubiy Koreya (24:19), Misr – Ruminiya (29:36) o'yinlarida ishlashdi. Jahon chempionati 25 avgust kuni o'z yakuniga etadi.
Havola :
Manba : t.me/uzbhandballfederation
Fikrlar