18 jan 18:46
        Yangiliklar	
	
				
				    Gandbol			    
				
				
			
				Gandbol. Jahon chempionati sari yo'lni mag'lubiyat bilan boshladik
Bugun Janubiy Koreyada erkaklar o'rtasida gandbol bo'yicha Osiyo chempionati start oldi. 
			Ushbu qita birinchiligida O'zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etishi haqida xabar bergandik. Yigitlarimiz turnirda Yaponiya va Eron terma jamoalari bilan birgalikda "A" guruhidan o'rin olganlar. 
Bugun sportchilarimiz ilk o'yinlarini yaponiyalik raqiblariga qarshi o'yin o'tkazdilar va 27:38 hisobida imkoniyatni boy berib qo'yishdi.
Endi terma jamoamiz ertaga Eron terma jamoasiga qarshi bahs olib boradilar. 
Malumot uchun, ushbu qita birinchiligi yakunlariga ko'ra Osiyoning 4ta mamlakati  2019 yilda Daniya va Germaniyada o'tkaziladigan jahon chempionatiga yo'llanmani qo'lga kiritishlari mumkin. 
O'yinni tomosha qilish uchun link: VIDEO
            Havola            :         
                    Manba                : olamsport.com
            
			
Fikrlar