16 may 11:58
Yangiliklar
Gandbol. Jizzax va Qarshida mamlakat kubogi yakuni sari yaqinlashmoqda
Jumladan, Qarshi shahrida ayollar jamoalari o'rtasidagi mamlakat kubogi o'tkazilmoqda. Bir kun avval OKMK bilan durang (31:31) o'ynagan Samarqand viloyatining "Bulung'ur" jamoasi kecha kutilmaganda qarshilik gandbolchilarga 30:31 hisobida yutqazib qo'yishdi. OKMK esa qoraqalpog'istonlik qo'l to'pi ustalarini 43:32 hisobida mag'lub etdi.
Qashqadaryo viloyatining ikkinchi jamoasi - G'uzor gandbolchilari esa O'zbekiston yoshlar terma jamoasini 35:32 hisobida engdi. Ayni daqiqalarda O'zbekiston kubogining so'nggi kunidan o'rin olgan uchrashuvlari bo'lib o'tmoqda.
Erkaklar jamoalari o'rtasidagi mamlakat kubogiga esa Jizzax shahri mezbonlik qilyapti. Quyida etiboringizga kechagi kungi 3ta uchrashuvda qayd etilgan natijalarni havola qilamiz.
Xorazm viloyati - Sirdaryo viloyati - 43:25
ROZK (Toshkent) - OKMK (Olmaliq) - 27:33
Qoraqalpog'iston Respublikasi - Samarqand viloyati 48:44
Fikrlar