18 mar 08:43
Yangiliklar
Gandbol
Gandbol. Jizzaxda mamlakat chempionatining ikkinchi turi o'tkazildi
12-17 mart kunlari Jizzax shahrida gandbol bo'yicha ham erkaklar, ham ayollar jamoalari o'rtasida O'zbekiston chempionatining 2-tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi.
Tur uchrashuvlari yakuniga ko'ra ham erkaklar, ham ayollar jamoalari o'rtasidagi mamlakat chempionatida poytaxt viloyatining OKMK jamoasi peshqadamlikni saqlab qoldi. Ikkala jamoa ham barcha uchrashuvlarni o'z foydasiga hal qilgan. Ikkinchi o'rinni Andijon OZK jamoasi band etgan. Kuchli uchlikka Toshkent yoshlar terma jamoasi yakun yasagan.
Erkaklar jamoalari o'rtasidagi musobaqaning ikkinchi turida OTMK jamoasi asosiy raqib Xorazm viloyati qo'l to'pi ustalarini bitta to'p farqi bilan mag'lub etishdi. Uchinchi pog'onadan Andijon OZK jamoasi joy olgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar