17 fev 12:25
Yangiliklar
Gandbol. Olmaliqda O'zbekiston chempionati davom etmoqda
Ayollar o'rtasidagi bahslarda peshqadamlik qilayotgan Olmaliqning OKMK jamoasi Samarqandning “Bulung'ur” gandbolchilaridan 35:30 hisobida ustun keldi. Toshkent shahri nomidan qatnashayotgan O'zbekiston yoshlar terma jamoasi Andijon OZK qo'l to'pi ustalariga 25:33 hisobida yutqazdi.
Namangan va Sirdaryo viloyati jamoalari o'rtasidagi uchrashuvda vodiylik gandbolchilar bitta to'p farqi bilan 37:36 hisobida ustun kelishdi. Qashqadaryoning “G'uzor” jamoasi qoraqalpog'istonlik hamkasblarini 29:14 hisobida mag'lub etdi.
Erkaklar jamoalari o'rtasidagi musobaqada ham Olmaliqning OKMK jamoasi peshqadamlik qilyapti. Mezbonlar bu safar asosiy raqiblardan biri Respublika olimpiya zaxiralari kolleji jamoasini 36:28 hisobida engishdi. Navoiyning “So'g'diyona”si Sirdaryo viloyati jamoasiga 24:26 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Fikrlar