13 fev 19:17
Yangiliklar
Gandbol. Olmaliqda O'zbekiston chempionati start oldi
Ayollar o'rtasidagi bahslarda Samarqandning “Bulung'ur” jamoasi qoraqalpog'istonlik qizlardan 40:23 hisobida ustun keldi. Andijon olimpiya zaxiralari kolleji jamoasi Sirdaryo viloyati terma jamoasini 38:22 hisobida mag'lub etdi.
CHempionlik uchun asosiy davogar hisoblangan Olmaliqning OKMK qo'l to'pi ustalari O'zbekiston yoshlar terma jamoasini 52:34 hisobida engishdi. Namangan viloyati hamda Qashqadaryoning “G'uzor” jamoalari uchrashuvida 36:36 hisobi qayd etildi.
Erkaklar jamoalari o'rtasidagi musobaqada Olmaliqning OKMK hamda Respublika olimpiya zaxiralari kolleji jamoalari chempionlik uchun asosiy davogar ekanliklarini ilk o'yindayoq isbotlashdi. OKMK Navoiyning “So'g'diyona”sini 53:7, RUOR esa Sirdaryo viloyati terma jamoasini 51:22 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
Fikrlar