01 jan 18:52
Yangiliklar
Gandbol
Gandbolchi qizlarimiz Singapurdan kumush, yigitlar esa bronza bilan qaytishyapti + FOTO
Singapur davlatida o'tkazilayotgan gandbol bo'yicha Janubiy SHarqiy Osiyo chempionati yakuniga etdi.
Musobaqada ishtirok etgan O'zbekiston ayollar va erkaklar terma jamoasi sovrindorlar safidan joy oldi. Qizlarimiz final uchrashuvida Xitoy Taypeyi terma jamoasiga 25:28 hisobida yutqazib, kumush medalni qo'lga kiritishdi.
Erkaklar jamoasi esa bronza medali uchun kechgan bahsda Tailand terma jamoasidan 40:26 hisobida ustun keldi. Musobaqada Ernest Ignatenko va Dilbar Bahromova eng yaxshi o'yinchi nominaciyasi bo'yicha taqdirlanishdi. Umida Xudoyqulova esa eng yaxshi darvozabon bo'ldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar