So’nggi yangiliklar

20:28Қозоғистонлик теннис маликаси "Ролан Гаррос" 1/8 финалида ўйнайди 0 20:07Царукян — Махачевга: "Навбат бўйича кейингиси менман, Ислам, қочма!" 0 19:46"Ролан Гаррос". Соболенко Паула Бадосани йўлдан олиб ташлади 0 19:25Роналду икки юлдуз билан музокара олиб бормоқда, улар ким эканлиги маълум 0 19:04Махачевнинг кейинги рақиби ким бўлади? UFC раҳбари жавоб берди 0 18:43Элина Свитолина "Ролан Гаррос" 1/8 финалида 0 18:22Дмитрий Бивол 2018 йилдан бери илк бор муддатидан олдин ғалаба қозонди 0 18:01Бунақаси "Реал" билан фақатгина 1932 йилда содир бўлганди 0 17:40"Ролан Гаррос". Даниил Медведевнинг юриши давом этмоқда 0 17:19Дюбуа энди Энтони Жошуага қарши жанг қилмоқчи 0 16:58Каспер Рууд "Ролан Гаррос" 1/8 финалига йўл олди 0 16:37Расман: Жозе Моуринью — "Фенербахче" бош мураббийи! 0 16:26Уч таэквондочимиз Ҳарбийлар ўртасида жаҳон чемпиони, яна тўрт нафари совриндор! 0 16:16Александр Шлеменко Кертисни муддатидан олдин мағлуб этди 0 15:55Бивол сўнгги 6 йилликдаги илк нокаути ҳақида: "Кучим йўқ бўлиб қолмаганини билардим" 0

11 may 09:17
Yangiliklar

Gandbol

Gandbolchi qizlarimizga oltin medallar topshirildi

Teglar :  Gandbol
Mo'g'iliston poytaxtida gandbol bo'yicha Xalqaro gandbol federaciyasining taqvim rejasidan o'rin olgan “Trophy” musobaqasining Markaziy Osiyo bosqichi o'z yakuniga etdi.

Quvonarlisi, qizlar o'rtasida o'smirlar va yoshlar toifalarida kechgan musobaqada terma jamoamiz vakillari mintaqamizda tengsiz ekanliklarini yana bir bor isbotlashdi.

Bugun musobaqaning so'nggi turida yoshlarimiz tojikistonlik tengqurlariga qarshi maydonga chiqib, yirik 54:3 hisobida ustun keldilar. Bu g'alaba bilan guruhdagi etakchilik yanada mustahkamlandi. Biroz avval musobaqaning tantanali yopilish marosimi bo'lib o'tdi va unda har ikki terma jamoamiz vakillariga oltin medallar hamda kubok topshirildi. Takidlash joiz, har ikki toifadagi jamoamiz muddatidan avval oltin medallarni naqd qilib ko'yishgan edi.

Reglamentga muvofiq, g'olib terma jamoa bilan ikkinchi o'rinni egallagan jamoalar “Trophy” kubogining Osiyo mintaqasiga yo'llanmani qo'lga kiritdi. Bu borada Turkmaniston terma jamoasi qizlari ham har ikki yo'nalishda kumush medallarga sazovor bo'lishdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing