So’nggi yangiliklar

11:37Синхрон сузувчиларимиз Осиё чемпионатини 16 медал билан якунлашди 0 11:05Пауло Коста Магомед Анкалаев — Богдан Гусков жанги ҳақида кескин фикр билдирди 0 10:25Суперлига. Бугун бизни учта учрашув кутиб турибди 0 10:00UFC Абу-Дабида ўтказиладиган навбатдаги турнирни эълон қилди 0 09:24Стив Эрцег илк бор Рамазон Темиров билан жанг ҳақида гапирди 0 08:07Формула-1. Ландо Норрис — Венгрия Гран-приси ғолиби! 0 19:35"Манчестер Юнайтед" "Рома" юлдузи билан келишувга эришди 0 18:50Рамазон Темиров: "Зарбаларим аниқроқ борганида, Стив бундан ҳам оғирроқ нокаут бўлиши мумкин эди" 0 18:02Тим Цзю Эррол Спенсни мағлуб этиб, рақибини фаолиятини якунлашга мажбур қилди 0 17:20"Ўзбекистонда ҳам чемпион бўлади. Буни биринчи бўлиб, ўзим бажараман" — Рамазон Темиров 0 16:03Ўзбекистон U-20 аёллар терма жамоаси – CAFA чемпиони! 0 15:10Рамазон Темировнинг жангдан кейинги фикрлари қандай бўлди? 0 14:01Парижда кураш бўйича Президент соврини учун мусобақа ўтказилди 0 13:07Махлуқ ролидаги Шоҳжаҳон Эргашев, тепкиланган Одилхон ва бошқалар. Тошкентдаги проф бокс оқшомидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 12:19Суперлига. Бугун Тошкент дербиси бор 0

12 iyu 13:20
Yangiliklar

Gandbol

Gandbolchilarimiz Italiyadagi jahon kubogida oltin medallarni qo'lga kiritishdi

Teglar :  Gandbol
Italiyaning Teramo shahrida Xalqaro gandbol federaciyasi tavqimiga kiruvchi 46-xalqaro "Interamnia" jahon kubogi musobaqasi yakunlandi.

Turli yosh toifalari o'rtasida o'tkazilgan musobaqada jahonning 34 ta mamlakatidan 123 ta jamoa ishtirok etdi. Unda yurtimiz sharafini 2000 yillarda tug'ilgan sportchilardan tashkil topgan ROZK (O'zbekiston U-18 terma jamoasi) jamoasi himoya qildi. Hamyurtlarimiz ishtirok etgan yosh toifasida 14ta jamoa qatnashdi.

Murabbiylar Ulug'bek Ikromov va Zafar Azimov boshchiligidagi yoshlarimiz guruh bosqichida "Lanester" (Franciya), "Grunvald" (Polsha), "Virum Sorgenfri" (Daniya), "Mountada" (Marokash), "Kozanis" (Greciya) kabi jamoalarga qarshi kurash olib borishdi. Vakillarimiz ilk o'yinda Franciyaning "Lanester" jamoasini 18:8 hisobida mag'lub etishdi. Ikkinchi o'yinda "Grunvald" ustidan 23:16 hisobida g'alaba qozonishdi. Uchinchi bahsda esa "Kozanis" 26:8 hisobida taslim etildi. "Mountada"dan 21:14 hisobida ustun kelishdi. Keyinchalik "Virum Sorgenfri"ga qarshi bahsda 15:13 hisobida g'olib bo'lishdi.

Gandbolchilarimizga musobaqa yarim finalida yana o'sha  "Virum Sorgenfri" klubi raqib bo'ldi va yoshlarimiz bu safar ham raqibni taslim etishni uddalashdi. Hisob 15:8. Hal qiluvchi bahsni hamyurtlarimiz SHveycariyaning "SHenois Jeneva" jamoasiga qarshi o'tkazishdi va 18:9 hisobida g'alaba qozonishdi. SHu tariqa hamyurtlarimiz musobaqa davomida o'tkazilgan etti uchrashuvning barchasida zafar quchib, oltin medallarga sazovor bo'lishdi.

Milliy olimpiya qo'mitasi ushbu muvaffaqiyat bilan O'zbekiston gandbol federaciyasini, g'olib sportchilarimiz va murabbiylarni tabriklaydi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing