02 jan 08:41
Yangiliklar
Boks/MMA

"Garsiyada ijtimoiy tarmoqdagi ko'p obunachilaridan tashqari hech narsasi yo'q"
Britaniyalik bokschi Lyuk Kempbell Rayan Garsiyaga qarshi jang oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Garsiyani huddi u top-bokschidek gapirishadi. Men ham shunga yarasha tayyorgarlik ko'rdim. Agar uning saviyasi past bo'lsa menga yaxshi. U barcha gap-so'zlarni isbotlashga harakat qilishini kutmoqdaman.
Menda Rayanda yo'q bir necha ko'nikma bor. Bu balki uni hayron qoldirar. Unda ijtimoiy tarmoqdagi ko'p obunachisidan tashqari xech nima yo'q", - dedi Kempbell.
Eslatib o'tamiz, jang bizning vaqtimiz bilan yakshanba tongida tashkil etiladi.
Havola :
Manba : The Ring
Fikrlar