04 fev 08:34
Yangiliklar
Boks/MMA

Gassievning superog'ir vazn debyut jangidagi raqibi malum
Birinchi og'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Murat Gassievning navbatdagi jangdagi raqibi oshkor bo'ldi.
Rossiyalik bokschi amerikalik Jerri Forrestga qarshi ringga ko'tariladi. Gassiev (26-1, 19 KO) ishtirokidagi ushbu jang 29 fevral kuni AQSHning Texas shtati Frisko shahridagi The Ford Center at The Star arenada bo'lib o'tadi. Murat shu kuni superog'ir vazn toifasida debyut qiladi.
ESPN bergan malumotga ko'ra, Murat Gassiev elkasidan olgan jarohatini davolab, mashg'ulotlarga qaytgan. Jerri Forrestga qarshi kechadigan jang 10 raund qilib belgilangan. Ushbu boks oqshomining markaziy jangida Mayki Garsiya (39-1, 30 KO) va Jessi Vargas (29-2-2, 11 KO) o'zaro to'qnash kelishadi.
Havola :
Manba : isport
Fikrlar