So’nggi yangiliklar

18:39U-23 Жаҳон чемпионатида иштирок этадиган эркин, юнон-рум ва аёллар кураши бўйича таркибларимиз маълум 0 18:05Камилла Раҳимова Wuhan Open`да Australian Open чемпионини мағлуб этди 0 17:28Шоҳжаҳон Эргашев энди бошқа бир ўзбекни жангга чақирди 0 16:50"Манчестер Сити" катта жарима эвазига АПЛдан четлатилиш ва совринлардан маҳрум бўлишдан қутулиши мумкин эди 0 16:22"Жошуани боплаб дўппослайман, кейин Усикдан ўчимни оламан". Фьюри боксдан кетиш олдидан режалари ҳақида гапирди 0 15:40"Бундан хурсанд бўламан". Дмитрий Бивол Бетербиев билан трилогияни кутаётганини айтди 0 15:13Магомед Анкалаев UFC унга қандай ҳолатда чемпионлик камари учун жанг беришини айтди 0 14:30"Энди Месси бизники" - "Интер Майами" мураббийи 0 13:46Масвидаль UFC ташкил қилиши мумкин бўлган "энг шов-шувли жанг" қайси эканлигини айтди 0 13:14Расман! Лаша Гуджеджиани билан тўрт йиллик шартнома имзоланди 0 12:39"У 40 ёшдан ошган, аммо мени жангга чорлаяпти. Унга ҳурматим баланд" - Бенавидес Бетербиев ҳақида гапирди 0 12:12Арсен Венгер ФИФА президенти лавозими учун курашда Инфантинонинг рақибига айланиши мумкин — The Times 0 11:45Волкановски ўзига нима мотивация беришини айтди - бу пул ёки камарлар эмас 0 11:16Бугун Жаҳон чемпионатида оғир вазнлиларимиз, хусусан Музаффарбек Тўрабоевнинг чиқишига гувоҳ бўламиз! 0 10:45Фьюри – Жошуа жанги учун чипталар бир соат ичида сотилиб кетди 0

23 iyu 17:02
Yangiliklar

Tadbirlar

G'azalkentda Spartakiada o'tkazildi FOTO

Bo'stonliq tumani G'azalkent shahrida Toshkent viloyati kasb-hunar talimi boshqarmasi tasarrufidagi kollejlarda mehnat qilayotgan rahbar va pedagog xodimlar o'rtasida Spartakiada o'tkazildi.

Qishloq xo'jaligi va tadbirkorlik kollejida o'tgan musobaqa “Sport - jamoani birdamlik va totuvlikka chorlaydi” shiori ostida tashkil etilib, unda ishtirokchilar sportning futzal, voleybol, stol tennisi, badminton va shaxmat turlari bo'yicha bahslashishdi. 

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 3 iyundagi “”Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ–3031-sonli qorari hamda 2018 yil 20 sentyabr kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev raisligida Jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirish bo'yicha istiqboldagi muhim vazifalar to'g'risida o'tkazilgan yig'ilishda belgilab berilgan topshiriqlari, shuningdek, davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbusning ijrosini taminlash maqsadida tashkil etilgan mazkur spartakiadada viloyatning oltita hududidan bosqich bellashularida g'olib bo'lgan 228 nafar talim sohasidagi xodimlar ishtirok etishdi. 

Toshkent viloyati kasb-hunar talimi boshqarmasi va O'zbekiston talabalar sporti associaciyasi Toshkent viloyati mintaqaviy bo'limi tomonidan tashkil etilgan spartakiadaning dastlab, tantanali ochilish marosimi tashkil etildi. 

Marosimda so'z olganlar bugun mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportga, jumladan ommaviy sportga qaratilayotgan yuksak etibor haqida, o'tkazilayotgan ushbu bellashuvlar ham sog'lom turmush tarzining targ'iboti va amalda isboti sifatida ko'rish mumkin, ekanligi haqida takidlab o'tishdi. 

Badiiy jamoalarning kuy-qo'shiqlari, sportchi-bolalarning ko'rgazmali chiqishlari marosimga o'zgacha zavq-shavq bag'ishladi. SHundan so'ng, spratakiada doirasidagi musobaqalarga start berildi. Kun bo'yi davom etgan musobaqalarda  o'zaro do'stlik, hamjihatlik va g'alabaga bo'lgan intilishi ishtirokchilarning yuz-ko'zlarida yaqqol aks etib turdi. 

O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Toshkent viloyati Qo'riqlash boshqarmasi 3-alohida batalon komandiri o'rinbosari Zulayxo Qalandarova hamda xodimlari shaxmat va stol tennisi bellashuvlarida ham etakchi ekanliklarini isbotlashdi. 

Jismoniy tarbiya va sport orqali sog'lom turmush kechirishga undovchi spartakaidaning yakuniy natijalariga ko'ra, quydagi pedagog-xodimlar  kuchli uchlikdan joy olishdi.

Badminton (erkaklar)

1. Doniyor Abdurahmonov (CHirchiq)

2. Abbos Aburahmonov (Bekobod)

3. Zokir Xo'jakeldiev (CHinoz)


Badminton (ayollar)

1. Sojida Mirahmedova (Bo'stonliq)

2. Gulbahor Ergasheva (Bekobod)

3. Fotima SHollieva (CHinoz)

Stol tennisi (erkaklar)

1. Aziz Abdujapparov (Ohangaron)

2. Diyor Do'konov (Oqqo'rg'on)

3. Abdivohid Xo'doyberdiev (Olmaliq)


Stol tennisi (ayollar)

1. Hilola Yunusova (Oqqo'rg'on)

2. Rano Mirzayoqubova (CHirchiq)

3. Guljan Jaqsibaeva (Bo'stonliq)

SHaxmat (erkaklar)

1. Karimjon Boboev (Oqqo'rg'on)

2. Abdurasul Do'lanboev (Olmaliq)

3. Nusrat Jumaev (CHirchiq)


SHaxmat (ayollar)

1. Barno Fayzieva (Zangiota)

2. Ilmira Imanqulova (Bo'stonliq)

3. Dinara Karinbaeva (CHirchiq)

Voleybol (ayollar jamoasi)

1. CHirchiq 

2. CHinoz

3. Ohangaron


Futzal (erkaklar jamoasi)

1. Olmaliq

2. Oqqo'rg'on

3. Bekobod t. 

Musobaqalar yakuniga etgach, taqdiralash marosmi bo'lib o'tdi. G'olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg'alari bilan mukofotlanishdi.

Rustam BOBOQULOV, O'zbekiston Talabalar sporti Associaciyasi Toshkent viloyati mintaqaviy bo'lim rais o'rinbosari

Ilhom RAHMONOV, o'z muxbirimiz

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing