23 iyu 11:16
Yangiliklar
Boks/MMA

Gdanskda Glovacki - Usik to'qnashuvi bo'ladi
Professional boksning og'ir vazn (90,7 kg) toifasida WBO yo'nalishi chempioni polshalik Kshishtof Glovacki (26-0, 16 KO) hamda ushbu unvonga rasmiy davogar ukrainalik Aleksandr Usik (9-0, 9 KO) o'rtasidagi jang qaerda o'tkazilishi malum qilindi.
Bu ikki bokschi joriy yilning 17 sentyabr kuni Polshaning Gdansk shahridagi 12 ming muxlisga mo'ljallangan Ergo Arena saroyida g'olibni aniqlab berishadi.
Bu haqida K2 Promotions Ukraine promouterlik kompaniyasi bosh direktori Aleksandr Krasyuk Facebookdagi sahifasi orqali xabar tarqatdi. Hozirda har ikki sportchi ham Varshava shahrida bo'lib turishibdi.
Havola :
Fikrlar