19 apr 14:28
Yangiliklar
Boks/MMA

Gennadiy Golovkinga jang taklif qilishdi
Amerikaning Fight Hub TV Youtube kanali muallifi Markos Vilegas Gennadiy Golovkin (42-1-1, 37 KO) va Errol Spens (28-0, 22 KO) o'rtasida jang bo'lishini xohlamoqda.
"Meni aqldan ozgan deb o'ylashingiz mumkin. Lekin Spens - Kanelo jangini ko'rishni xohlayman yoki bo'lmasa Spens Golovkinga qarshi. Bu ajoyib to'qnashuv bo'ladi. SHunchaki, bu janglarni tasavvur qilib ko'ring", - deya yozadi Vilegas o'z Twitter sahifasida.
Eslatib o'tamiz, Gennadiy Golovkin WBA Super, IBF va IBO yo'nalishlari bo'yicha o'rta vazn toifasida jahon chempioni, Errol Spens esa yarim o'rta vaznda WBA Super, WBC va IBF chempioni hisoblanadi.
Havola :
Manba : sports.kz
Fikrlar