15 apr 16:21
Yangiliklar
Boks/MMA

Gennadiy Golovkinning Murataga qarshi jang uchun qancha olgani hisoblab chiqildi
Cyzo.com jurnalisti Xiroo Isii Gennadiy Golovkin va Rioto Murata jangida bokschilar qancha ishlab olishganini malum qildi.
«Bu jang juda katta mablag'lar evaziga tashkil etildi. Murata jang uchun 600 million ien (4,7 million dollar)ga ega bo'ldi. Golovkin esa 2 milliard ien (16 million dollar)ga boyigan. Golovkinni Yaponiyaga olib kelish Teiken kompaniyasiga shunchaga tushdi»,-deb fikr bildirgan Xiroo.
Eslatib o'tamiz, Golovkin va Murata o'rtasidagi jangning to'qqizinchi raundida qozog'istonlik bokschi raqibini nokaut qilib, g'alaba qozongandi.
Havola :
Manba : sports.kz
Fikrlar