13 apr 12:02
Yangiliklar

Genri Cexudo: Xamzat CHimaev suv ustida yura olaman deb o'ylaydi
Gilbert Berns bilan kechgan og'ir jangdan so'ng Xamzat CHimaev yarim o'rta vazn toifasidagi Kamaru Usmandan kamarni olish g'oyasidan voz kechib, bor etiborini tashkilotning o'rta divizionidagi faoliyatiga qaratishi kerak, deb hisoblaydi sobiq UFC chempioni Genri Cexudo.
«Bu ajoyib jang bo'ldi, lekin agar CHimaev chiqib, Usman bilan shunday jang qilsa, u katta muammoga duch keladi. Biz uning qanday qilib oddiy odam bo'lib qolganini ko'rdik. CHimaev suv ustida yura olaman deb o'ylagani uchun bu saboqni kamtarlik bilan olishi kerak edi, bunga qisman biz ham aybdormiz - u hech narsani isbotlamasidan oldin uni shohsupaga qo'ydik. Bu birinchi marta u eng yaxshi raqibga qarshi jang qildi va ko'p odamlar bu jangdagi g'alabani Gilbert Bernsga berishdi. U yutqazishga yaqin edi. Men hali ham uni yarim o'rta vazn uchun juda katta deb hisoblayman. O'ylaymanki, o'rta vazndagi CHimaev yarim o'rta vazndagi CHimaevdan ancha xavfliroq», - dedi Genri.
Fikrlar