09 jan 09:08
Yangiliklar
Boks/MMA
Genri Sexudo Aljameyn Sterlingga qarshi jang sanasini oshkor qildi
Ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Genri Sexudo faoliyatini qayta tiklayapti.
Uchtalik chempionning aytishicha, u 4 mart kuni Las-Vegas shahrida o'tkaziladigan UFC 285 turnirida vazn chempioni Aljameyn Sterlingga qarshi oktagonga ko'tariladi.
"Aljameyn keyingi raqibim. Eng katta muammo – uning mendan qochishga urinayotgani. U bu jangni xohlamayapti. Semiz Sterling Vupi Goldbergga o'xshab qolgan. Ha, u mendan qochyapti. Unga etib olganimda tiz cho'kishini ko'rasizlar. UFC jangimizni 4 mart kuni o'tkazmoqchi", - dedi Sexudo.
Genri Sexudo deyarli uch yil oldin professional faoliyatini yakunlagan edi. Hozircha UFC bu jang masalasida hech qanday rasmiy malumot bergani yo'q.
Havola :
Manba : fighttime
Fikrlar