02 mar 13:53
Yangiliklar
Boks/MMA

Genri Sexudo: Bir oqshomda "Siam egizaklari" bilan jang qilishga tayyorman!"
Engil vaznda UFC chempioni Genri Sexudo Tvitter sahifasida antiqa va shu bilan birga kutilmagan fikr qoldirdi.
Sexudo bir kechaning o'zida ham Deyvison Figeredo hamda Joze Aldo bilan jang qilish istagida ekanligini malum qilgan.
- Dana Uayt, Aldo va Figeredoning ikkisi bilan bir kechada jang o'tkazaman. Men avvaliga o'zini birinchi raqamli davogarman degani bilan jang qilaman, keyin esa ikkinchisiga qarshi oktagonga ko'tarilaman. Siam egizaklarini ota-onasi ham tanimaydigan qilib qo'yaman. Men uchta yo'nalish chempioni bo'lishni istayman. Dana, bu ish sening qo'lingdan keladi. Tezroq men uchun bu janglarni tashkil et!, - dedi Sexudo.
Havola :
Fikrlar