20 avg 09:30
Yangiliklar
Germaniya ayollar terma jamoasi ilk bor Olimpiada chempioni!
Hal qiluvchi final uchrashuvida Germaniya va SHveciya terma jamoalari maydonga tushishdi. Ushbu bahsda Germaniya terma jamoasi 2:1 hisobida g'alaba qozonib, o'z tarixlarida ilk bor Olimpiada chempioni bo'lishdi.
Uchrashuvning 48-daqiqasida Jenifer Marojan hisobni ochdi. 62-daqiqada shvedlar futbolchisi Linda Sembrant avtogol sohibiga aylandi. 67-daqiqada esa Stin Blakstenius bitta javob to'pini kiritishga muvaffaq bo'ldi.
Bronza medali uchun kechgan bahsda esa Braziliya va Kanada terma jamoalari to'qnash kelishdi. Unda kanadalik qizlar 2:1 hisobida zafar quchib, Rio Olimpiadasining bronza medalini qo'lga kiritishdi.
Rio-2016. Futbol. Ayollar. Final
SHVECIYA – GERMANIYA – 1:2
Gollar: Marojan, 48 (0:1); Sembrant, 62 (0:2, avtogol); Blakstenius, 67 (1:2).
Ogohlantirishlar: Yakobsson, 22; Rubensson, 51; Sembrant, 83 (barchasi SHveciya)
Fikrlar