09 iyu 10:26
Yangiliklar
SHaxmat
Germaniyada superturnir boshlanmoqda
Bugun Germaniyaning Dortmund shahrida ananaviy Sparkassen Chess Meeting superturniri start oladi.
Aylana tizimda o'tadigan musobaqada jahonning ko'zga ko'ringan 8 nafar grossmeyteri – Vladimir Kramnik (Rossiya, 2812), Fabiano Karuana (AQSH, 2810), Maksim Vashe-Lagrav (Franciya, 2798), Lener Dominges (Kuba, 2713), Ruslan Ponomarev (Ukraina, 2706), Evgeniy Naer (Rossiya, 2687), Liviu-Diter Nisipyanu (Germaniya, 2674) hamda Rayner Buman (Germaniya, 2653) chempionlik uchun dona suradi.
Qura natijasiga ko'ra, birinchi turda Karuana-Vashe-Lagrav, Nisipyanu-Ponomarev, Naer-Buman hamda Dominges-Kramnik o'zaro baxs olib borishadi. O'z tarixida 44-bor tashkil etilayotgan turnir g'olibi 17 iyul kuni malum bo'ladi.
Havola :
Fikrlar