02 avg 08:38
Yangiliklar
Boks/MMA
Getji bilan jangda yuzi "tamirtalab" bo'lib qolgan Topuriya hozirgi holatini ko'rsatdi + FOTO
UFC`ning ikki vazn toifasidagi sobiq chempioni Iliya Topuriya so'nggi jangidan bir yarim oy o'tib yuzi aks etgan suratni elon qildi.
15 iyun kuni Vashington (AQSH) shahridagi Oq uy hududida bo'lib o'tgan UFC Freedom 250 turnirida Topuriya amerikalik Jastin Getji bilan jang qilib, texnik nokaut evaziga mag'lub bo'lgandi. Jangdan so'ng asli gruziyalik sportchining ko'z kosasi va burni singani malum bo'lgan hamda kasalxonaga yotqizilgandi.
Malumot uchun, 29 yoshli Iliya Topuriya UFC`da 2020 yildan buyon ishtirok etib keladi. 2024 yilda u yarim engil vazn toifasida (65 kg gacha) chempion bo'ldi va bir marta chempionlik kamarini himoya qildi. 2025 yilda esa engil vazn toifasida (70 kg gacha) chempionlik unvonini qo'lga kiritdi. U tashkilotda jami to'qqizta g'alaba va bitta mag'lubiyat qayd etgan.

Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar