10 sen 17:23
Yangiliklar
Getji deyarli uch oydan so'ng Oq uydagi turnirda Topuriyani qanday mag'lub etganini tushuntirdi
Eslatib o'tamiz, Getji va Topuriya o'rtasidagi jang iyun oyida UFC Freedom 250 turnirida bo'lib o'tgan va amerikalikning texnik nokaut (jangni davom ettirishdan bosh tortish) evaziga g'alabasi bilan yakunlangan edi.
"U oyoqlari ritmini hech qachon o'zgartirmaydi. U yo oldinga yoki orqaga harakatlanadi, yon tomonga harakatlanishini esa juda kam ko'rasiz. Yakunda hamma gap uning oyoqlari harakatini to'g'ri hisoblab topishda edi. O'sha jang uchun tuzilgan reja uning oyoq harakatini izdan chiqarish va ritmini buzishdan iborat bo'lgandi va biz buni uddaladik", — deya Getjining so'zlarini keltirmoqda Kırmızı Köşe akkaunti X ijtimoiy tarmog'ida.
Og'ir jarohatlarga qaramay, statistikaga ko'ra, Topuriya Getjiga qaraganda ko'proq aniq zarbalar yo'llagan — 97 ga 91. Biroq amerikalik sportchining aniqligi va taymingi unga jiddiy jarohatlardan qochish hamda jangni yaxshi jismoniy holatda yakunlash imkonini bergandi. Getji engil vazn toifasida UFC chempioniga aylandi. Topuriya esa mag'lubiyatdan so'ng chempionlik kamarini boy berdi va hozirda jarohatlaridan tiklanmoqda.

Fikrlar