So’nggi yangiliklar

20:13Усман Нурмагомедовнинг UFC`даги потенциал рақиби маълум 0 19:42Василий Ломаченконинг қачон рингга қайтиши аниқ бўлди 0 19:11Родри жароҳати сабабли "Барселона"нинг "Атлетико"га қарши ўйинини ўтказиб юборади 0 18:30Самбо бўйича Ўзбекистон терма жамоасининг Жаҳон чемпионати учун таркиби маълум 0 17:17Расман! Тим Цзю Эрисланди Лара билан WBA камари учун жанг қилади 0 17:06Ўзбекистонда 10 минг қадам юрган фуқаролар қимматбаҳо совғалар билан тақдирланиши мумкин 0 16:35Рафинья де Мигелнинг ўлими ҳақида: "Бу ҳар ким билан содир бўлиши мумкин" 0 16:04Жалгасбай Бердимуратовнинг PFL Moscow турниридаги рақиби аниқ бўлди ПОСТЕР 0 15:31Жон МакКарти UFC ҳакамларининг гонорарларини очиқлади 0 15:00UWW 2027 йилги рейтинг турнирлари тақвимини эълон қилди 0 14:29Бруну Фернандеш Кэррик уни захирада қолдиргани ҳақида: "Бу тўғри қарор эди" 0 13:58UFC рейтинги янгиланди: Нолан Топ-10, Смит Топ-15`да 0 13:27Ҳасанбой Дўсматов IBA.Pro чемпионлик камари учун жанг қилади. Рақиб, сана ва манзил аниқ! 0 13:06Zuffa Boxing 13. Жаҳонгир Зокиров ва Раҳматулло Бойматовнинг рақиблари маълум (Тўлиқ кард) 0 12:35Нойер Чемпионлар лигасидаги ўйинлар сони бўйича рекордчига айланди 0

01 avg 09:12
Yangiliklar

Boks/MMA

Getji Konorga qarshi jang uchun o'z shartlarini aytdi

UFC 291 turnirida Dastin Poreni nokautga uchratgan Jastin Getji chempionlik uchun kurashni keyinga qoldirishga va Konor Makgregor bilan to'qnash kelishga tayyor, biroq buning uchun irlandiyalik taqiqlangan moddalarni qabul qilishni to'xtatishi kerak.

— Men katta janglarda kurashishni yaxshi ko'raman. Bu juda hayajonli tuyuladi, lekin men steroidlarni qabul qilgan odam bilan jang qilmoqchi emasman. 

Hayotimda hech qachon steroid qabul qilmaganman va qabul qilmayman ham. Faoliyatimni tugatsam, balki sinab ko'rarman. Lekin, men umrimda hech qachon steroid qabul qilmaganman va aldaganlar bilan jang qilishni xohlamayman. O'ylaymanki, agar bu jangni qo'lga kiritishni istasam, buni aytmasligim kerak, ammo bu haqiqat. 

Getjining so'zlariga ko'ra, u navbatdagi raqibi kim bo'lishini UFC ixtiyoriga topshirdi. Katta ehtimol uning navbatdagi raqibi Konor Makgregor yoki Islam Maxachev - CHarlz Oliveyra chempionlik jangi g'olibi bo'lishi mumkin.

— Ko'ramiz, voqealar rivoji qanday bo'lar ekan. UFC janglarni rejalashtirmoqda. SHaxsan men hech qanday tasavvurga ega emasman. 

Pore bilan trilogiyaga kelsak, Getji, bu haqida ham gapirdi. 

— Jangdan keyin oktagonda unga aytdim: "Do'stim, kel boshqa bir-birimiz bilan jang qilmaslikga kelishib olaylik. Albatta, agar buni istamasang men tayyorman". O'rtamizdagi hisob 1:1, shunday ekan ko'ramiz. U menga rad javobini bermagan, men ham unga bu imkoniyatni beraman. Lekin, bu mening navbatdagi jangim bo'lishini xohlamayman.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing