28 iyu 09:32
Yangiliklar
Boks/MMA
Getji Pore bilan jangdan oldin o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi
Engil vazn toifasida amerikalik UFC jangchisi Jastin Getji UFC 291 turnirida Dastin Porega qarshi jang haqida gapirdi.
"Men butun dunyoda eng zo'ri bo'lishni xohlayman. Bu g'alaba menga chempionlik uchun imkoniyat beradi. Oldingi jangchiga umuman o'xshamayman, hozir jangga mutlaqo boshqacha munosabatdaman. Oldin UFCʼda yangi edim, ancha janglar o'tkazdim. Men o'zimni himoya qildim, lekin buni qoyillatdim deb aytmayman. Endi hammasi boshqacha.
Bilaman, Pore bilan jangda ustunlik qilish kerak. Xatoga o'rin yo'q. Men faqat o'zimga etibor qaratishim va Dastin o'zining kuchli tomonlarini ko'rsatishiga yo'l qo'ymasligim kerak", - dedi Getji.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar