31 jan 12:00
Yangiliklar
Boks/MMA
Getji: "Xollouey haqda o'ylasam, qo'rqyapman"
Amerikalik UFC jangchisi, BMF kamari sohibi Jastin Getji Maks Xollouey bilan bo'lajak jang haqida gapirdi.
"Xollouey haqida o'ylasam, qo'rquvni his qilaman. Qo'rquv sizni qattiqroq ishlashga majbur qiladi. Maks haqida o'ylasam, qo'rqaman, chunki butun dunyo sizni kuzatib turganda mag'lub bo'lish, juda yomon.
Qo'rquvni his qilmaslik, menimcha, yaxshi oqibatga olib kelmaydi. Men qo'rquv his qilyapman. Janglarga tayyorgalik jarayonlarida doim qattiq mehnat qilib kelganman. CHunki shunday qilmasam, barchasi tugashini bilaman", - dedi Jastin.
Malumot uchun, Getjining Xolloueyga qarshi jangi 14 aprel kuni UFC 300 turniri doirasida o'tkaziladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar