So’nggi yangiliklar

22:26Холмурод Нурматов иштирокидаги жанг муддатидан олдин якунланди 0 20:05Анвар Абдуллаев фаолиятидаги илк мағлубиятини ACA Лигасида қабул қилиб олди 0 19:37Дэвид Бенавидес Бивол билан жанг бўйича музокаралар бошланганини айтди 0 19:15ACA 203. Шариф Кушаев иорданиялик рақиб билан жанг қилди 0 19:01Исо Масиҳга ўхшатилган ва маданий ҳаёт туфайли "Манчестер Сити"дан кетган. Ўзбекистоннинг янги мураббийи ҳақида нималар биламиз? 0 18:39Хамзат Чимаев RAF турнирида Кайл Снайдерга қарши кураш эҳтимолини баҳолади 0 18:18Риёд-2026 Жанг санъати ва ёпиқ иншоотлардаги Осиё ўйинлари дастурига кирган спорт турлари маълум бўлди 0 17:52Хотамбек Бойназаров UFC'да Хоакин Бакли билан жанг қилиш ҳақида гапирди 0 17:25Палмер "Манчестер Юнайтед"га ўтишга рози?! 0 17:02Фурқатбек Ёқубов — ўзбекистонлик ММА жангчиларига: "Рақиб танлашда озгина уялинглар!" 0 16:39Қозоғистон жаҳон хоккейи элитасига қайтди! 0 16:16Дана Уайт Конор Макгрегорнинг қайтаётганини тасдиқлади 0 15:40ЖЧ-2026 финали чипталари 33 000 долларгача ошди 0 15:14Расман: Арман Царукян Топурия - Гэтжи жанги учун захира варианти бўлади 0 14:39Абдусатторов, Синдаров ва бошқалар. Самарқандда ўтказиладиган Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси учун таркибларимиз эълон қилинди 0

13 apr 15:25
Yangiliklar

Boks/MMA

"Gigantlar"siz o'tayotgan yubiley yoxud orzudagi UFC 300 turniri qanday bo'lishi kerak edi? (Mutolaa uchun)

Bizning vaqt bilan yakshanba tongida UFC o'zining yubiley 300-turnirini o'tkazadi.

Dana Uayt muxlislarni xursand qiladigan kard tashkil etishga vada bergandi. Aslida hamma narsa unchalik yorqin emasdek ko'rinyapti. To'g'ri, qiziqarli qarama-qarshiliklar bor, ammo "vau" deydigan darajadagi jang ko'rinmayapti. Balki, sizning fikringiz o'zgachadir. Biz yubiley musobaqani bezaydigan orzudagi kardni tuzib chiqdik. 

Islam Maxachev – Leon Edvards 

P4P reytingi etakchisi engil vazn toifasi chempioni Islam Maxachev uzoq vaqtdan beri vazn toifasida ko'tarilish va yarim o'rta vaznda ikkinchi chempionlik kamari uchun kurashish istagi borligi haqida gapirib keladi. Qizig'i shundaki, Dana Uayt yubiley turniri uchun yorqin janglar izlab, yarim o'rta vazn tofasidagi chempion Leon Edvardsga qarshi Islam uchun orzudagi jangini uyushtirmoqchi bo'lgan. Biroq, rossiyalikning o'zi Ramazon tufayli jangdan bosh tortgan. Ushbu jang nafaqat turnirning, balki yilning eng shov-shuvli jangiga aylanishi mumkin edi. "Ha, menga UFC 300 turnirida Edvards bilan jang qilishni taklif etishdi, lekin bu haqiqatga to'g'ri kelmaydi, chunki biz hozir Ramazon oyidamiz. Ovqatlanmayman, bu vaqtda mashq qilish qiyin bo'ladi. Taomlanish uchun bor-yo'g'i besh-olti soat bor", degandi Maxachev MMAJunkie nashriga bergan intervyusida. 

Tom Aspinall – Aleks Pereyra 

Aleks Pereyra allaqachon UFC 300 turniri ishtirokchisi hisoblanadi, ammo uning Jamal Xillga qarshi jangi katta hayajonga sabab bo'lmaydi. Braziliyalik og'ir vaznga qanday ko'tarilib, uchunchi vazn toifasida UFC chempionlik kamari uchun tarixiy jang o'tkazishi ancha qiziqroq bo'lardi. Aspinall Sergey Pavlovichni nokautga uchratgandi. Pereyra va Tom o'rtasidagi to'qnashuv, Pereyra va Xill duelidan ko'ra jozibaliroq ko'rinar edi. Lekin Aleks yarim og'ir vazn toifasini tozalashga etibor qaratishga qaror qildi, shuning uchun biz Las-Vegasda Aleks hamda Jamal jangini ko'ramiz. 

Iliya Topuriya – SHon O’Melli 

Ikki yorqin jangchi o'rtasidagi qarama-qarshilik UFC 300 turnirini bezashi aniq edi. Keling, Topuriya hali biror marta chempionlik himoyasini amalga oshirmagani, Aleksandr Volkanovski bilan revansh jangi haqida va hokazolarni bir chetga suraylik. Ha, bularning barchasi mantiqiy, biroq agar yubiley turnir super to'qnashuvga muhtoj bo'lsa, unda SHon va Iliya asosiy kard uchun yorqin misol bo'la olardi. Topuriya hamda O’Melli tik holatda yaxshi ishlaydi, ajoyib janglar o'tkazadi, kutilmagan nokautlar kuzatiladi, ushbu duel tomoshabinlarni, albatta, befarq qoldirmas edi. 

Drikus dyu Plessi – Israel Adesanya 

O'rta vazn toifasida Adesanya uzoq vaqt hukmronlik qilganidan keyin chempionlik uchun harakatni boshladi. Israelni mag'lub etgan Striklend chempionlik kamarini munosib himoya qila olmadi va dyu Plessiga imkoniyatni boy berib qo'ydi. Adesanya va Drikusni anchadan beri bir-biriga qayrab kelishadi. Ular shu paytga qadar qafasda umuman to'qnash kelishmagan. Sobiq chempionning qaytishi uchun ideal variant yubiley musobaqa va dyu Plessiga qarshi chempionlik jangi bo'lardi, ammo Israel hali ham tatilda.

Xamzat CHimaev – Paulo Kosta 

Bu ikki sportchi uzoq vaqtdan beri internetda jang qilib, memlar va "axlat" suhbatlarni tashkillashtirib kelmoqda. Kosta hamda CHimaev UFC 300 turrnirining bir qismi bo'lishga loyiq edi, ayniqsa ularning bir-biriga nisbatan antipatiyasini hisobga olsak, bu bahs shouga aylanib ketardi. Ushbu qarama-qarshilikni ham tomoshabinlar intizorlik bilan kutmoqda. 

Jon Jons – Stipe Miochich 

Jons va Miochich o'rtasidagi "meros jangi" dostoni uzoq davom etyapti. Ularning dueli dastlab kuzda bo'lib o'tishi kerak edi, ammo Jon mashg'ulotlarda kutilmaganda jarohat oldi. Albatta, Jons – Miochich to'qnashuvi yubiley turnirning, "barcha davrlarning eng yaxshisi"ning "barcha davrlarning eng yaxshi og'ir vaznli"ga qarshi kurashini bezashi kerak edi – bu jang shunday taqdim etilgandi. Bunday duel UFC 300 turnirida o'tkazilmasa, yana qaerda bo'lishi lozim? 

Konor Makgregor – har qanday raqib

Jons bilan bo'lgan vaziyat kabi, yubiley musobaqani tashkilotning asosiy yulduzisiz tasavvur qilish qiyin. Ha, irlandiyalik uzoq vaqtdan buyon oktagonga chiqmadi va bir necha yildan beri o'z qaytishini rejalashtirmoqda. Lekin uning UFC 300 turnirida paydo bo'lishi katta shov-shuvlarga sabab bo'lardi. Qolaversa, Konorning kimga qarshi jang qilishi u qadar muhim emasdi. Makgregorning Maykl CHendlermi, Dastin Poremi yo boshqa sportchilarmi, farqi yo'q, istalgan raqib bilan to'qnashuvi muxlislar tomonidan iliq kutib olinar edi. Bu erda raqib emas, irlandiyalikning figurasi muhim bo'lardi.


Habib Jo'raboev tarjimasi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing