15 apr 09:28
Yangiliklar
Boks/MMA

Gilbert Berns: "Usman CHimaevni mag'lub etadi"
Yarimo'rta vaznda UFC jangchisi Gilbert Berns Xamzat CHimaevning Kamaru Usman bilan jangdagi imkoniyatlarini baholadi.
"Xamzat bilan jangimizdan so'ng, uning tiklanishiga ishonaman. Men ham, u ham tiklanamiz.
Lekin agar uning Usman bilan jangi haqidagi savolga javob beradigan bo'lsam, Kamaruning intellekti kalit bo'ladi. U juda aqlli va sovuqqon jangchi. Usman urushlarda qatnashgan, diviziondagi eng zo'rlari bilan jang qilgan.
O'ylashimcha, u Xamzatga qaraganda yaxshiroq kurashga tushadi. Hozirda bu jangda Usman g'olib bo'ladi deb o'ylayman", - dedi Berns.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar