10 dek 12:52
Yangiliklar
Ginnes rekordchisi yiliga 17 mln maosh oladigan bo'ldi, bu esa yangi rekord
Ushbu beysbol klubi dunyoning eng boy klublaridan biri hisoblanadi. USA Today nashri tarqatgan xabarga ko'ra, CHapmen o'zining sobiq jamoasi bilan 5 yillik shartnoma imzoladi.
O'tgan mavsumda CHapmen “CHikago Kabs” tarkibida chempion bo'lgan edi. Kubalik beysbolchi mana shu 5 yil uchun 86 mln dollar oladi. Bu esa uni dunyoning eng ko'p maosh oluvchi beysbolchisiga aylantirdi.
Bundan avvalgi rekord 2 yil avval Mark Melanson tomonidan o'rnatilgan edi. Uning “San-Francisko Jayants” klubdagi ana shu muddat uchun maoshi 62 million dollarni tashkil qilgandi.
Takidlash joiz, Aroldis CHapmen Ginnes rekordlar kitobiga kiritilgan. U eng kuchli zarba egasi hisoblanadi. Uning zarbasi 169.14 km/soatni tashkil etadi.
Fikrlar