08 avg 02:10
Yangiliklar
Boks/MMA, Tokio-2020
G'iyosov Olimpiadadagi ishtirokini g'alaba bilan boshladi
Rio-2016 Olimpiadasining boks musobaqasi qizg'in kurashlar ostida davom etyapti.
Olimpiadada to'liq tarkibda ishtirok etayotgan charm qo'lqop ustalarimizning ikkinchisi ham o'zining ilk jangida g'alabaga erishdi. Hozirgina yakuniga etgan bahsda -69 kg vazn toifasidagi bokschimiz SHahram G'iyosov ispaniyalik bokschiga qarshi ringga ko'tarildi.
Buxoro boks maktabi tarbiyalanuvchisi o'zi uchun debyut Olimpiadaning ilk bosqichida Youba Ndyae Sissokoni mag'lubiyatga uchratib, ikkinchi davraga yo'llanma oldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar