18 iyu 08:47
Yangiliklar
G'iyosovning kardidagi markaziy jangda Rejis Progreys Danielito Zorrilyani mag'lub etib, chempionlik kamarini o'zida saqlab qoldi
Matchroom promouterlik kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan oqshom doirasida biroz oldin yarim o'rta vazn toifasidagi o'zbekistonlik bokschi SHahram G'iyosov (14-0) WBA yo'nalishidagi eliminator jangida amerikalik Harold Kalderonga (27-1) qarshi ringga chiqib, g'alaba qozongan edi.
Kechaning markaziy jangi birinchi yarim o'rta vazn toifasi vakillari - WBC chempioni Rejis Progreys (28-1-0) hamda puerto-rikolik Danielito Zorrilya (17-1-0) o'rtasida kechdi. Mazkur chempionlik jangi to'liq 12 raund davom etdi va unda hakamlar qarori bilan 118-109, 113-114, 117-110 hisoblarida Progreys g'alaba qozonib, o'z kamarini saqlab qoldi.
Qayd etish joiz, bu Progreys uchun ilk muvaffaqiyatli himoya jangi bo'ldi.
Fikrlar