27 fev 14:40
Yangiliklar
Boks/MMA
Zuffa Boxing vakiliga aylangan Konor Benn ilk jangini Fyuri bilan bir oqshomda o'tkazadi, u mazkur jang orqali yaxshigina "soqqa" ishlab oladi!
Britaniyalik professional bokschi Konor Benn faoliyatini Zuffa Boxing Ligasi bilan hamkorlikda davom ettiradi.
29 yashar charm qo'lqop ustasi Dana Uayt rahbarligidagi tashkilotda ilk jangini 11 aprel kuni London shahridagi "Tottenxem" stadionida tashkil etiladigan prof boks oqshomida o'tkazadi.
Bennga o'sha kuni 37 yoshli amerikalik Rejis Progreys raqib bo'ladi.
Malumotlarga ko'ra, Konor Benn mazkur jangi orqali 15 mln AQSH dollari miqdorida gonorar ishlab oladi.
Benn faoliyati davomida hozirgacha 25 ta jang o'tkazib, 24 ta g'alaba va 1 ta mag'lubiyat qayd etgan. Rejis Progreys hisobida esa 30 ta g'alaba va 3 ta mag'lubiyat bor.

Havola :
Manba : Zuffa Boxing
Fikrlar