25 fev 13:36
Yangiliklar
G'iyosovning vaznidagi chempion bokschilarni u bilan jangdan qochayotganlikda aybladi
"Men va Rayan Garciya, bizda revansh bo'lishi kerak edi. Joy tayyor edi, turnir belgilangan edi, barcha maoshlar, hamma narsa hal qilingandi. Nega u jang amalga oshmadi? Xo'sh, endi Menni Pakyao masalasiga kelsak. Do'stim, ular necha marta meni jangga chorladi? Men ular haqida bir og'iz ham gapirmadim. Bizda hamma narsa tayyor edi. Nega jang qilmadik? Endi esa Konor Benn... U kelib jang so'radi, kelishamiz dedi, hamma narsa tayyor bo'lganida esa borib, Zuffa Boxing bilan shartnoma imzoladi. Endi biz jang qila olmaymiz. Bu daxshat, og'ayni. Ularning hammasi mendan qochyapti. O'zlarini baquvvat yigitlardek ko'rsatishmoqchi, lekin aslida unday emas", deydi Romero.
Malumot uchun, o'zbekistonlik SHahram G'iyosov Rolando Romeroning WBA kamari uchun majburiy davogar hisoblanadi.
Fikrlar