26 jan 14:02
Yangiliklar
Boks/MMA

"Gladiator" hamda Ikram Aliskerovning UFC'dagi janglari bekor bo'ldi
Rossiyalik ikki UFC jangchisi - Rinat Faxretdinov va Ikram Aliskerov ishtirokidagi janglar bekor qilindi.
Yarimo'rta vaznli Rinat Faxretdinov 16 fevral kuni UFC Vegas 102 turniri doirasida braziliyalik Gabriel Bonfimga qarshi bahs olib borishi kerak edi. Ammo mashg'ulot chog'ida olingan jarohat tufayli Rinat jangdan "echildi".
O'rta vaznli Ikram Aliskerovning Andre Munizga qarshi jangi esa braziliyalik sportchining viza bilan bog'liq muammolari tufayli o'tkazilmaydigan bo'ldi. Bu jang 1 fevral kuni Saudiya Arabistonida o'tkazilishi kerak edi.
Havola :
Manba : VestnikMMA
Fikrlar