02 noy 18:12
Yangiliklar
G'ofur Rahimov AIBAning qarzi qancha ekanligini aytdi
Tashkilot rahbari vazifasini bajaruvchi G'ofur Rahimov Kongressdagi bugungi chiqishi davomida bir qator masalalarga to'xtalib o'tdi.
- Biz AIBAning jahon sport hamjamiyatidagi o'rnini mustahakamlashga, tashkilotning avvalgi obro'sini qayta tiklashga harakat qilyapmiz. So'nggi 9 oy davomida bu borada katta hajmdagi ishlar amalga oshirildi. Islohotlar barcha yo'nalishlar bo'yicha olib borilyapti.
Men AIBAga rahbar etib tayinlangan vaqtimda tashkilotning qarzi 40 million dollardan oshib ketgandi. Homiylar va sarmoyadorlar bu borada AIBAni sudga ham berishgandi. Qisqa fursat ichida yangi homiylar bilan shartnomalar imzolandi va mavjud qarzdorlik deyarli qoplandi.
Hozirda tashkilot byudjetini to'ldirish uchun harakatlarni davom ettiryapmiz. Men boshlangan ishni yakuniga etkazishni xohlayman. Albatta, bu borada sizlarning yordamingizga tayanaman, - dedi G'.Rahimov.
Kamoliddin ALIMOV Moskva, Rossiya Federaciyasi
Suratlar muallifi - Marufjon Asqarov
Fikrlar