05 avg 10:15
Yangiliklar
Boks/MMA, Tokio-2020
G'oibnazarovning ilk raqibi kongolik bokschi bo'ladi
Rio-2016 Olimpiadasining boks musobaqalariga qura tashlash marosimi bo'lib o'tgani haqida xabar bergan edik.
Unga ko'ra, Olimpiadada to'liq tarkibda ishtirok etadigan charm qo'lqop ustalarimiz o'zlarining ilk raqiblarini bilib olishdi. -64 kg vazn toifasidagi charm qo'lqop ustamiz Fazliddin G'oibnazarov ilk bosqichda Dival Jalamou Malongoga qarshi ringga ko'tariladi.
25 yoshli hamyurtimiz ikkinchi bor to'rt yillikning eng nufuzli musobaqasida ishtirok etadi. Kongolik bokschi esa 21 yoshni qarshiligan va u uchun Rio Olimpiadasi faoliyatidagi dastlabki nufuzli musobqa bo'ladi. Bu jang 10 avgust kuni bo'lib o'tadi.
Havola :
Fikrlar