03 apr 17:18
Yangiliklar
Boks/MMA

Golovkin 5 may kuni baribir jang qiladi
To'rtta yo'nalishda jahon chempioni hisoblangan qozog'istonlik bokschi Gennadiy Golovkinning Saul Alvaresga qarshi jangi bekor qilingandi.
Ammo, promouter Top Lefflerning so'zlariga ko'ra, Golovkin o'sha kuni baribir jang o'tkazadi.
"Ayni paytda biz boshqa variantlarni ham ko'rib chiqyapmiz. Albatta, Alvaresga qarshi revansh bo'lganida ajoyib bo'lardi. Ammo, agar uni masalasi amalga oshmasa, Gennadiy baribir jang qilmoqchi. Unga raqib tanlashimiz kerak", - dedi promouter.
Havola :
Manba : iSport
Fikrlar