19 dek 16:27
Yangiliklar
Boks/MMA

Golovkin bugungi g'alabadan so'ng nimalar dedi?
O'rta vazn toifasida IBF va IBO kamarlari sohibi Gennadiy Golovkin polshalik Kamil SHeremeta ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«Bugungi jangdan qoniqdim. Oqshomga tashrif buyurgan muxlislar ajoyib janglarni ko'rishdi deb o'ylayman. Alvaresga qarshi jangdan so'ng qaytaman degandim va vadamni bajardim deb o'ylayman. O'zimga kelib olishim uchun malum vaqt kerak edi. Bugungi bahs uchun Kamil SHeremeta va uning jamoasiga minnatdorchilik bildiraman.
Keyingi jangim? Istalgan bokschiga qarshi ringga ko'tarilishga tayyorman. Raqibim men uchun har tomonlama to'g'ri kelishi lozim. Kuchlilar kuchlilarga qarshi jang qilishini istayman. Ertaga bo'lib o'tadigan Alvares va Smit jangi ham qiziqarli bo'ladi. Kim g'alaba qozonadi? Muxlislar»,-deb fikr bildirdik Golovkin.
Havola :
Manba : Championat.com
Fikrlar