19 dek 08:48
Yangiliklar
Boks/MMA

Golovkin - SHeremeta oqshomining andekard jangi to'liq davom etdi
Xabar berganimizdek, biroz avval AQSHning Florida shtati Gollivud shahrida professional boks kechasi yakuniga etdi.
Golovkin — SHeremeta oqshomining anderkard jangida ayollar o'rtasida ikkinchi yarim engil vazn toifasi WBA Super yo'nalishi chempioni, koreyalik CHoy Xyon Mi (17-0-1, 4 KO) hamda ekvadorlik davogar Kalista Silgado (19-11-3, 14 KO) o'rtasida bo'lib o'tdi.
Har bir raundi ikki daqiqadan iborat o'n raundlik chempionlik jangi to'liq davom etdi va CHoy Xyon Mining g'alabasi bilan tugadi. Janubiy koreyalik chempion barcha raundlarda katta ustunlikka ega bo'ldi. Silgado esa shunchaki oyoqda turib berdi.
SHu tariqa, 30 yoshli CHoy faoliyatidagi 18-g'alabasiga erishdi. Kalista Silgado esa prof-ringdagi 12-mag'lubiyatini qarshi oldi.
Havola :
Fikrlar