13 apr 18:21
Yangiliklar
Boks/MMA

Golovkin WBC reytingi peshqadamiga qarshi jang o'tkazishi mumkin
Los Angeles Times nashri o'rta vazn toifasida WBA (Super), WBC va IBF yo'nalishlari chempioni Gennadiy Golovkinning ehtimoliy raqibi nomini elon qildi.
Qozog'istonlik 36 yoshli chempionga asli kelib chiqishi armanistonlik, ayni paytda AQSH sharafini himoya qilayotgan 31 yoshli Vanes Martirosyan raqibi bo'lishi mumkin ekan.
Malumot uchun, Martirosyan 2 yildan beri ringga chiqmagan. Lekin shunga qaramay hozirda birinchi o'rta vazn toifasining WBC reytingida birinchi o'rinni egallab turibdi. Lekin Vanes o'rta vazn toifasida yo'q. Agar Golovkin bu jangga rozi bo'lsa, uni IBF kamaridan mahrum qilishadi.
Havola :
Fikrlar