So’nggi yangiliklar

19:12Қозоғистонлик боксчи Шоҳжаҳон Эргашевга жавоб қайтарди 0 18:30Одилхон Камолов "Alash & Mangu" турнирида жанг қилади 0 17:54"Барселона" январь ойида "Челси" футболчисини ижарага олишга тайёр 0 17:09Мунгия — Зон жанги ғолиби Бектемир Мелиқўзиев билан тўқнаш келади 0 16:40Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги жанги санаси ва манзили маълум — манба 0 16:27Кудерметова ва Тимофеева Гуанчжоу турнири финалига чиқди 0 15:15Сауль Альварес тарозига чиқди, бугун чемпионлик жанги! 0 14:44Дунёнинг энг яхши мураббийи номига номзодлардан бири овоз бериш якунларига кўра бирорта ҳам очко тўплай олмади 0 14:13Уч нафар эркин курашчимиз жой олган RAF рейтинги янгиланди 0 13:42Раҳмонов жамоасидагилар собиқ UFC чемпиони билан бўладиган жангга изоҳ беришди 0 13:11Александр Волков: "Жон Жонс энг буюк, лекин мен уни мағлуб эта оламан" 0 12:40"Арсенал" етакчиси "Бавария"га ўтиши мумкин 0 11:59Терма жамоамизнинг сўнгги гуруҳи Жаҳон чемпионатига йўл олди 0 11:28WTA 500. Раҳимова ва дунёнинг 23-ракеткаси ўртасида финал тақдири ҳал бўлди 0 10:47Суперлига. Бугун яна учта учрашув бор 0

23 mar 16:28
Yangiliklar

Boks/MMA

Golovkin XXI asrning eng yaxshi o'rta vaznlilar reytingida "Kanelo"ni ortda qoldirdi

Nufuzli Boxingscene.com sayti XXI asrning eng yaxshi o'rta vazn chempionlari reytingini elon qildi.

Top-10`talikni afsonaviy amerikalik chempion Bernard Xopkins boshqarmoqda. Ikkinchi o'rindan qozog'istonlik Gennadiy Golovkin joy olgan bo'lsa, kuchli uchlikni argentinalik Serxio Martines yakunlab berdi.

Mana, nashr GGG haqida nima deb yozdi:

"2. Gennadiy Golovkin. O'rta vazn toifasidagi titul janglardagi ko'rsatkich: 22-1-1 (20 KO). Bu yilgi SHon-shuhrat zali bosh qahramoni, agar u quruq raqamlarga asoslangan bo'lsa, bu ro'yxatda birinchi o'rinni egallagan bo'lardi.

GGG`ning birinchi chempionlik davri 2010 yilda boshlangan va oxirgisi 2022 yilda yakunlangan. Bu vaqt ichida Gennadiy o'zining birinchi chempionlik janglaridagi 17 raqibini nokautga uchratdi.

Medalning ikkinchi, tabir joiz bo'lsa salbiy tomoni shundaki, Golovkin o'zining qo'rqinchli kuchini qisman yo'qotmaguncha, ringda haqiqiy nomdor raqibni qo'lga kirita olmadi. Mettyu Maklin, Deeniel Gil, Martin Myurrey, gabaritlari bo'yicha Kell Brukdan ortda qolayotgan Devid Leme kabi ko'plab raqiblari bor edi. Deniel Jeykobs uning darajasida ko'tarilish edi va to'qqiz yil ichida Gennadiyga qarshi barcha 12 raundni to'liq o'tkazishga muvaffaq bo'lgan birinchi bokschiga aylandi. Keyin Golovkin nihoyat Saul Alvares siymosidagi "sariq kit"ni qo'lga kiritdi. Ammo har ikki jangda ham mag'lubiyatga uchradi. 

Raqamlar istisno. Ammo muhim g'alabaning yo'qligi Golovkinga bu ro'yxatda birinchi o'rinni egallash imkonini bermadi", - deya qayd etadi maqola muallifi Erik Raskin.


Boxingscene.com talqini bo'yicha Top-10:

1. Bernard Xopkins (AQSH)

2. Gennadiy Golovkin (Qozog'iston)

3. Serxio Martines (Argentina)

4. Saul "Kanelo" Alvares (Meksika)

5. Kelli Pavlik (AQSH)

6. Jermeyn Teylor (AQSH)

7. Deniel Jeykobs (AQSH)

8. Artur Abraxam (Germaniya)

9. Migel Kotto (Puerto-Riko)

10. Feliks SHturm (Germaniya).

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing