15 iyu 09:20
Yangiliklar
Boks/MMA

Golovkinga kuzda Alvares bilan jang qilish taklif qilingan
O'rta vazn toifasida amaldagi IBF va IBO chempioni qozog'istonlik Gennadiy Golovkin WBA va WBC kamarlari sohibi Saul Kanelo Alvares bilan uchinchi jangini o'tkazishi mumkin, deb xabar beradi The Atletic jurnalisti Lens Pagmir.
Manbaga ko'ra, DAZN strim xizmati qozog'istonlik bokschining jamoasi bilan bog'lanib, kuzda meksikalikka qarshi jang o'tkazishga tayyorlanishini so'ragan. Golovkin tayyorligini va ushbu jangni o'tkazmoqchi ekanligini aytdi.
Eslatib o'tamiz, raqiblar allaqachon ikki marta to'qnash kelishgan. Birinchi jang durang bilan tugagan, ikkinchi jangda Alvares g'alabani nishonlagan.
Havola :
Manba : Championat.com
Fikrlar