25 dek 11:00
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/25427_220.jpg)
Go'zal Ismatova: "Tokioda yuksak natijaga erishish uchun bor imkoniyatimizni ishga solamiz"
Boks bo'yicha Osiyo chempioni Go'zal Ismatova O'zbekiston Respublikasi Prezidentining so'zlaridan so'ng muvaffaqiyatlarga erishishga yanada bel bog'ladi.
– Prezidentimizning Murojaatnomasi boshqalar qatori meni ham to'lqinlantirib yubordi. Ayniqsa, sportchilarni Olimpiadaga tayyorlashda mutlaqo yangicha yondashuv bo'lishi, sportchilarga barcha imkoniyatlar yaratilishi haqidagi so'zlari menga o'zgacha ruh, kuch-g'ayrat bag'ishladi. Bu Prezidentimizning biz yoshlarga bildirayotgan yuksak ishonchi, bizning ezgu orzularimizni ro'yobga chiqarishga qaratilayotgan ulkan etiboridan dalolatdir.
Davlatimiz rahbarining ishonchini oqlash, 2020 yili Yaponiyaning Tokio shahrida bo'lib o'tadigan Olimpiya o'yinlarida yuksak natijalarga erishish uchun bor kuch va imkoniyatimizni ishga solamiz.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar