04 avg 15:22
Yangiliklar
Ramazon Temirov qatnashishi kutilayotgan turnirning asosiy bahsi Zabit ishtirokida kechadi + POSTER
Braziliya jiu-jitsusi qoidalari asosida tashkil etiladigan ACBJJ 22 turniri 30 avgust kuni Turkiyaning Istanbul shahrida bo'lib o'tadi. Oqshomning asosiy bellashuvi rossiyalik Zabit Magomedsharipov hamda marokashlik Yussef Zalal ishtirokidagi kechadi. Bu Zabit uchun ACBJJ 30 ligasidagi debyut bahs bo'ladi.
Malumot uchun, 35 yoshli Zabit Magomedsharipov aralash yakkakurashlardagi (MMA) professional faoliyatini yakunlaganini elon qilganidan uch yil o'tib, fevral oyida ACBJJ ligasi bilan shartnoma imzolagan edi. Uning tashkilotdagi debyuti 5 iyul kuni Moskvada bo'lib o'tgan ACBJJ 21 turnirida bo'lishi kerak edi. Biroq, musobaqaga uch kun qolganida rossiyalik sportchi jarohat olib, Raul Rosas bilan bo'ladigan jangdan echilgandi. Uning o'rniga akasi Xasan Magomedsharipov gilamga chiqqan va amerikalikka bo'g'ish usuli bilan muddatidan oldin mag'lub bo'lgan edi.
29 yoshli Yussef Zalal esa joriy yilning aprel oyida UFC`dagi beshta g'alabali seriyasini to'xtatdi: u besh raundlik jang yakunida hakamlarning yakdil qarori bilan Aljameyn Sterlingga imkoniyatni boy bergandi. Ayni damda Zalal tashkilotning yarim engil vazn toifasi reytingida sakkizinchi o'rinni egallab turibdi.

Fikrlar