25 jan 14:49
Yangiliklar
Dzyudo
Gran-Pri. Davlat Bobonov g'alaba bilan boshladi, Nodirada esa mag'lubiyat
Isroilda dzyudo bo'yicha nufuzli Gran-Pri turniri o'tkazilmoqda.
Bugun musobaqa doirasida 5 nafar hamyurtimiz medallar uchun kurashishi haqida xabar berib o'tgandik.
Bahslarda -90 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Davlat Bobonov to'g'ridan-to'g'ri ikkinchi bosqichdan ishtirokini boshladi. Ushbu bosqichda hamyurtimiz polshalik Tomash SHepaniekka qarshi jang qildi va g'alaba qozondi. Endi u chorak finalga chiqish uchun belaruslik Yaxor Varapaeyuga qarshi tatamiga chiqadi.
Ayollar o'rtasida -78 kg vazn toifasidagi bahslarda qatnashayotgan Nodira Yo'ldoeva esa ilk jangidayoq polshalik Bieta Pakutga yutqazib qo'ydi.
Bahslar davom etmoqda.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar