17 jan 23:52
Yangiliklar
Gran Prix Zagreb Open. Islomjon Bahromov jamoamizga ikkinchi "oltin"ni taqdim etdi
Hozirgina -60 kg vazn toifasidagi terma jamoamiz azosi, Osiyo chempioni Islomjon Bahromov final bellashuvini muvaffaqiyatli yakunladi. U turkiyalik Axmet Uyarga qarshi kechgan bahsda raqibini 9-0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi va terma jamoamizga ikkinchi oltin meldalni taqdim etdi.
Avvalroq, -55 kg vaznda yurtimiz sharafini himoya qilgan Jasurbek Ortiqboev ham barcha raqiblarini engib, Zagreb Gran-Pri chempioniga aylangandi. Ortiqboev oltin medal uchun kechgan bellashuvda germaniyalik Fabian SHmittdan 9-0 hisobida ustun kelgandi.
SHu tariqa, terma jamoamiz Gran Prix Zagreb Open turnirida 2 ta oltin, 1 ta kumush, 1 ta bronza medalini qo'lga kiritdi. Ilhomjon Bahromov (-55 kg) kumush, Feruz To'xtaev (-60 kg) bronza medaliga sazovor bo'ldi.
Malumot uchun, endi Ravshan Ro'ziqulov murabbiyligidagi "klassiklarimiz" 19-29 yanvar kunlari oralig'ida Xorvatiyaning Porech shahrida tashkil etiladigan xalqaro o'quv-mashg'ulot yig'inida ishtirok etadi.
Fikrlar