10 dek 18:50
Yangiliklar
Futbol
Greciyada yordamchi hakamning maydonga yotib olishi natijasida o'yin to'xtatildi
Bunga qanot referisining tomoshabinlardan biri bilan bahslashib qolgani sabab bo'ldi.
Greciya havaskorlar ligasining 11-turidan o'rin olgan "GAS Kopanos" — "Filippos Meliki" uchrashuvi yon hakamning maydonga yotib olgani sababli to'xtatildi. O'yin davomida to'xtalish yuzaga kelib, hakam futbolchilar bilan vaziyatni muhokama qilayotgan bir paytda tomoshabinlardan biri yon hakamning qo'lidan ushlab torta boshladi. Natijada qanot referisi erga yiqildi va ko'zlarini yumib oldi.
Hakam esa vaziyatni o'rganish maqsadida malum muddat o'yinni to'xtatdi. Keyinchalik davom ettirilgan mazkur bahs 2:2 hisobida yakunlandi.
Havola :
Fikrlar