28 iyu 17:25
Yangiliklar
Gukesh va Sindarov o'rtasidagi Jahon toji uchun bahs qachon va qaerda o'tkazilishi rasman elon qilindi
Musobaqa boshlanadigan vaqtda Hindiston vakili Gukesh ham, O'zbekiston vakili Sindarov ham 20 yoshda bo'ladi. SHu tariqa, ushbu bahs shaxmat tarixidagi eng yosh jahon chempionligi uchun uchrashuv sifatida qayd etiladi.
FIDE muvaqqat prezidenti Vishvanatan Anand mazkur qaror yuzasidan shunday dedi:
«FIDE Jahon chempionati bahsiga mezbonlik qilish istagini Hindiston, AQSH va Kipr kabi bir qator davlatlar bildirdi. Barcha takliflarni sinchiklab ko'rib chiqqanimizdan so'ng, bahsni neytral hududda o'tkazish va uni millatlar hamda madaniyatlarni birlashtirib kelgan tarixiy ananalarga ega Jeneva shahrida tashkil etishga qaror qildik. Biz butun jahon shaxmat hamjamiyatini SHveycariyada kutib olishni intiqlik bilan kutyapmiz. Mahalliy muxlislar jahon darajasidagi shaxmatni jonli tomosha qilish imkoniga ega bo'lishadi, dunyo bo'ylab millionlab muxlislar esa eng oliy shaxmat unvoni uchun kechadigan bahsni onlayn kuzatishlari mumkin bo'ladi».

SHveycariya shaxmat federaciyasi prezidenti Andre Fyogtlin ham Jeneva mezbon sifatida tanlanganini yuqori baholadi:
«Bu SHveycariya shaxmati uchun haqiqatan ham o'ziga xos kun. Brissagodan keyin oradan 22 yil o'tib, jahon miqyosidagi shaxmat musobaqasi yana SHveycariyaga qaytmoqda. Biz uchun bu shunchaki quvonchli xabar emas — mamlakatimiz shaxmati tarixidagi muhim burilish nuqtasi bo'lib, bizga katta ilhom va motivaciya bag'ishlaydi».
Fyogtlinning takidlashicha, bunday yirik musobaqaga mezbonlik qilish katta sharaf bilan birga ulkan imkoniyat hamdir.
«Bu SHveycariyada shaxmatning ommaviyligini yanada oshirish va yangi avlodni ushbu sport turiga jalb etish uchun noyob imkoniyatdir. Yaqin haftalar davomida ushbu megamusobaqadan mamlakatimizda “shohona o'yin” ommalashuvini kuchaytirish maqsadida qanday foydalanayotganimiz haqida muntazam malumot berib boramiz», — dedi u.
Bahs haqida
FIDE Jahon chempionati bahsi — Jahon chempionati ciklining eng yuqori bosqichi bo'lib, unda amaldagi jahon chempioni hamda chempionlik uchun kurashish huquqini qo'lga kiritgan davogar o'zaro to'qnash keladi.
Amaldagi chempion sifatida Gukesh 2024 yil dekabr oyida Singapurda qo'lga kiritgan tojini himoya qiladi. U 18 yoshida xitoylik Din Lijenni klassik bahslarning o'n to'rtinchi va hal qiluvchi partiyasida mag'lub etib, shaxmat tarixidagi 18-jahon chempioni hamda eng yosh jahon chempioniga aylangan edi.
Javohir Sindarov esa 2026 yil Kiprda bo'lib o'tgan FIDE Davogarlar turnirida g'olib chiqib, jahon chempioniga qarshi o'ynash huquqini qo'lga kiritdi. O'zbekistonlik grossmeyster musobaqa yakunlanishiga bir tur qolganidayoq birinchi o'rinni kafolatladi. Bu natija uning 2025 yilgi FIDE Jahon kubogidagi g'alabasidan keyingi yana bir yirik yutug'i bo'ldi.
Jenevadagi ushbu bahs shaxmatning yangi avlodidagi eng yorqin yulduzlardan ikkisini jahon chempionligi unvoni uchun o'zaro qarshi qo'yadi.
Bahs formati
FIDE Jahon chempionati bahsi 14 ta klassik partiyadan iborat bo'ladi.
Birinchi bo'lib 7,5 ochko to'plagan shaxmatchi g'olib deb elon qilinadi va shundan keyin qo'shimcha partiyalar o'tkazilmaydi.
Agar 14 ta klassik partiyadan so'ng hisob teng bo'lsa, jahon chempioni tay-breyk bahslari orqali aniqlanadi.

Fikrlar